logotip
Ispaniya superkubogi. Dramatik o'yinda «Atletiko» «Barsa»ni mag'lub etdi
10 YANVAR, 02:47 / O'QILDI: 1608

Ispaniya superkubogining ikkinchi finalchisi aniq bo'ldi. Qizg'in kurashlar ostida kechgan o'yinda «Atletiko» klubi «Barselona»ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi.

Birinchi bo'limda jamoalar nisbatan ehtiyotkor o'yin namoyish qilishgan bo'lsa-da, "ko'k-anorranglilar" ko'proq xavfli vaziyat yaratishdi. Messining zarbasini madridliklar posboni mahorat bilan qaytargan bo'lsa, Suaresning zarbasidan keyin to'p Savichning boshiga tegib, maydonni tark etdi. Antuan Grizmann esa sobiq jamoadoshlarini birinchi vaziyatda kechirdi. Yakkama-yakka vaziyatda u Oblakni dog'da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo'limning ilk hujumidayoq Simeone shogirdlari hisobni ochishdi. Feliks-Korrea-Koke kombinatsiyasi samarali yakunlandi.

Oradan ko'p o'tmasdan Messi hisobni tenglashtirdi. U raqib jarima maydoni chizig'i oldida 2 futbolchini aldab o'tib, o'ng oyog'i bilan darvozani ishg'ol qildi. Oradan bir necha daqiqa o'tib argentinalik futbolchi chiroyli xatti-harakat orqali jamoasini oldinga olib chiqqan edi, ammo VAR vaziyatni ko'rib chiqib, golni bekor qildi: sakrayotgan to'pni o'ziga bo'ysundirish chog'ida to'p futbolchining qo'li va elkasi tutashgan joyga tekkan edi.

62-daqiqada esa kataloniyaliklar baribir oldinga o'tib olishdi. Albaning ajoyib uzatmasiga Suares yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Oblak zarbani qaytardi, ammo havoga ko'tarilgan to'pni Grizmann bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

74-daqiqada esa "Barsa" uchinchi golni ham urishga erishdi, ammo Suares tomon hal qiluvchi uzatmani bergan Vidal bir necha santimetr ofsaydda qolgan ekan — buni VAR aniqladi.

O'yinning so'nggi 10 daqiqasida esa "Barselona" mudofaa chizig'i raqibning ikkita xavfli hujumini o'tkazib yubordi. 80-daqiqada Neto Vitoloni yiqitgani uchun penalti belgilandi va uni Morata aniq amalga oshirdi.

Anxel Korrea esa birga-bir vaziyatda Netoni dog'da qoldira oldi.

"Barselona" hisobga olinmagan ikkita gol va o'yin so'ngida himoyadagi xatolari tufayli imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, sovrin uchun kurashda "el-klasiko" emas, Madrid derbisiga guvoh bo'lamiz. Superkubok finali 12 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Shu tariqa, sovrin uchun kurashda "el-klasiko" emas, Madrid derbisiga guvoh bo'lamiz.

Ispaniya superkubogi, yarim final
Barselona – Atletiko 2:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 46 Koke, 1:1 – 51 Messi, 2:1 – 62 Grizmann, 2:2 – 81, penalti Morata, 2:3 – 86 Korrea.
Barselona – Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serdji Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.
Atletiko – Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Tripper, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lorente, 72), Korrea, Tomas, Joau Feliks, Morata.
Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lorente (72), Vidal (77), Neto (80).

Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.