logotip
«Milan» Anchelottini qaytarishi mumkin
15 NOYABR, 20:55 / O'QILDI: 1382

Italiyaning «Napoli» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etish arafasida turibdi.

«Napoli» klubi rahbariyati ko'rsatilayotgan natijadan qoniqmayotganligi sababli, bosh murabbiyni almashtirib borasida o'y surmoqda.

Tuttosportning tarqatgan xabariga ko'ra, Anchelotti iste'foga chiqarilishi va “Milan” jamoasiga o'tib ketishi mumkin.

Italiya A Seriya qonunlarida bitta murabbiy bir yil mobaynida ikkita klubda ishlash huquqiga ega emas. Shu bois, 60 yoshli Anchelotti “Napoli”ni bu yil tark etgan taqdirda ham, «Milan» klubini kelasi yilning yozida qabul qilib olishi mumkin.

Ayni paytda «Milan» klubi A Seriyada 13 ochko jamg'argan holda 14-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.