logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:12
RPL. «Rostov» g'alabani qo'ldan chiqardi
9 Noyabr, 21:05 / O'qildi: 35

Angliya premer-ligasining 12-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.Birinchi bo'limda mezbonlar u qadar ko'p xavfli vaziyat yarata olishmadi va tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari maydon egalari uchun samarali chiqdi. Villianning uzatmasidan keyin Abraxam darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va mavsumdagi o'ninchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Kristian Pulishich o'z imkoniyatidan unumli foydalanib, jamoasining ikkinchi golini urdi va amalda o'yin taqdirini hal qildi. Ushbu g'alabadan keyin Lempard jamoasi ochkolarni 26taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.Angliya chempionati, 12-turChelsi – Kristal Pelas 2:0 (0:0, 2:0)Gollar: 1:0 – 52 Abraxam, 2:0 – 79 Pulishich. Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Emerson, Tomori, Djeyms, Kante, Kovachich, Pulishich (Xadson-Odoi, 80), Maunt (Gilmur, 87), Villian, Abraxam (Batshuayi, 73).Kristal Pelas – Guaita, Uord (Kelli, 44), Keyxill, van Anxolt, Tomkins, Kuyate (Makkarti, 82), Taunsend, Makartur (Shlupp, 70), Milivoevich, Zaa, Ayyu.Ogohlantirishlar: Villian (17), Zaa (21), Emerson (31), Kovachich (33), Makkarti (90).RPL. «Rostov» g'alabani qo'ldan chiqardi (videosharh)Rossiya premer-ligasining 16-turi doirasida «Rostov» o'z maydonida «Tambov»ni qabul qilib, mag'lubiyatga uchradi. Bahsning 7-daqiqasida mezbonlar hisobngi ochishdi. Bayramyanning uzatmasidan keyin Bern Sigurdarson darvozani ishg'ol qildi. Islandiyalik futbolchining o'zi 37-daqiqada hisobda farqni oshirishi mumkin edi. Ammo u 5 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. 53-daqiqada esa "Rostov" himoyachisi Kozlov qo'pol xatoga yo'l qo'yishi oqibatida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida esa "Tambov" futbolchilari kam sonli hujumlardan yana birini golga aylantirishdi — 1:2.Oradan 5 daqiqa o'tib Shomurodov hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Eldor raqib jarima maydonining o'ng tomonida to'pni qabul qilib, to'sin ostiga kuchli zarba berdi. To'p esa darvozabonning qo'liga, so'ngra darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. O'yin tugashiga "Rostov" hisobni tenglashtiruvchi to'pni raqib darvozasiga joyladi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi. O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni boshlang'ich tarkibda o'yinni boshlab, bahs so'ngiga qadar maydonda harakat qildi.Ushbu g'alaba tufayli "Tambov" 17 ochko to'plab 15-o'rindan 12-pog'onaga ko'tarilib oldi. "Rostov" esa ushbu turdan keyin o'zi egallab turgan 2-pog'onani boy berishi mumkin.Rossiya premer-ligasi, 16-turRostov – Tambov 1:2 (1:0, 0:2)Gollar: 1:0 – 7 Sigurdarson, 1:1 – 52 Melkadze, 1:2 – 70 Obuxov. Rostov – Baburin, Xajikadunich, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Zaynutdinov, Ionov, Glebov, Bayramyan, Sigurdarson (Dolgov, 77), Shomurodov.Tambov – Sheliya, Oyevole (Takazov, 86), Osipenko, Gritsaenko, Tetrashvili, Karasev (Chuperka, 81), Kilin, Melkadze (Xosonov, 78), Kostyukov, Riibin, Obuxov.Ogohlantirishlar: Osipenko (33), Kostyukov (41), Sigurdarson (56), Xadjikadunich (60), Melkadze (64), Oyevole (82).

Manba: stadion.uz

Mulohazalar