logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:13
APL. «Chelsi» g'alaba qozonib, 2-o'ringa ko'tarildi (videosharh)
9 Noyabr, 20:35 / O'qildi: 15

Angliya premer-ligasining 12-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.Birinchi bo'limda mezbonlar u qadar ko'p xavfli vaziyat yarata olishmadi va tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari maydon egalari uchun samarali chiqdi. Villianning uzatmasidan keyin Abraxam darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va mavsumdagi o'ninchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Kristian Pulishich o'z imkoniyatidan unumli foydalanib, jamoasining ikkinchi golini urdi va amalda o'yin taqdirini hal qildi. Ushbu g'alabadan keyin Lempard jamoasi ochkolarni 26taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.Angliya chempionati, 12-turChelsi – Kristal Pelas 2:0 (0:0, 2:0)Gollar: 1:0 – 52 Abraxam, 2:0 – 79 Pulishich. Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Emerson, Tomori, Djeyms, Kante, Kovachich, Pulishich (Xadson-Odoi, 80), Maunt (Gilmur, 87), Villian, Abraxam (Batshuayi, 73).Kristal Pelas – Guaita, Uord (Kelli, 44), Keyxill, van Anxolt, Tomkins, Kuyate (Makkarti, 82), Taunsend, Makartur (Shlupp, 70), Milivoevich, Zaa, Ayyu.Ogohlantirishlar: Villian (17), Zaa (21), Emerson (31), Kovachich (33), Makkarti (90).

Manba: stadion.uz

Mulohazalar