logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:13
Qirg'iziston futbol federatsiyasi delegatsiyasi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi
9 Noyabr, 19:45 / O'qildi: 11

Xabaringiz bor, bugun o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Qirg'izistonga qarshi maydonga chiqadi. Ikki kun avval poytaxtimizga etib kelgan mehmonlar delegatsiyasining rasmiylari bugun «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi.

Qirg'iziston Respublikasi futbol federatsiyasi prezidenti Kanat Mamatov, vitse-prezident, bir vaqtning o'zida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Dostonbek Qo'noqboev boshchiligidagi delegatsiya a'zolarini O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Shoabdurahmonov Rustam Mavzurovich, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, «Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Mirzaev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Mehmonlar dastlab «Bunyodkor» stadionini ko'zdan kechirdi. «Bunyodkor» stadioni direktori Vohid Zokirov mehmonlarni o'yingohimizdagi sharoitlar, muxlislar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi.

Shundan so'ng mehmonlar «Bunyodkor» akademiyasiga tashrib buyurib, tarbiyalanuvchilarimiz istiqomat qilayotgan yotoqxonalar, oshxona, tibbiyot xonasi, ochiq va yopiq mashg'ulot maydonlarini ko'zdan kechirishdi. Akademiya direktori Vadim Shodimatov va direktor o'rinbosari Bahodir Mahkamov sharoitlar bilan tanishtirar ekan, mehmonlar bunday imkoniyatlardan to'liq va samarali foydalanish lozimligini ta'kidladi. Zero, bunday sharoitga ega akademiya hamma joyda ham topilavermaydi, deya akademiyamiz haqida iliq fikrlar bildirildi.

Tashrif yakunida tomonlar o'smirlar, yoshlar terma jamoalari o'rtasida xalqaro maqomdagi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish borasida kelishuvga erishishdi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar