logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:12
O'zbekiston o'rtoqlik o'yini Qirg'izistonni mag'lub etdi
9 Noyabr, 19:00 / O'qildi: 25

JCh-2022 saralash bosqichining navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari "Paxtakor" stadionida o'zaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi. Vadim Abramov boshlang'ich tarkibda asosiy milliy chempionatimizda o'ynayotgan futbolchilarni tushirdi. Vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Turg'unboev o'ng qanotdan oldinga o'tib, Ismoilovni to'p bilan ta'minladi. Abror jarima maydoniga kirdi va darvoza oldida ochilgan Sergeevga pas berdi. Igor esa, himoyachi va darvozabonning orasidan o'tgan to'pni bo'sh darvozaga joylab qo'ydi. Bahsning 30-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan etkazilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarishdi. Qirg'izistonlik futbolchi 12 metrlardan yo'llangan zarba natijasida to'p Suyunovning qo'li orqali ustunga tegib qaytdi. Farhod Musabekov esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limda bosh murabbiyimiz bir necha nafar futbolchini maydonga tushirib, tarkibni kuchaytirdi. Bu esa tezda o'z samarasini berdi. Ahmedovning olis masofadan bergan uzatmasidan keyin Hamdamov daraozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani zabt etdi.O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida O'zbekiston uchinchi to'pni Qirg'iziston darvozasiga joyladi. Hamdamov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib, orqaroqda ochilga sherigiga uzatma berdi. Iskandarov esa o'ng oyoqda zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.Shu tariqa, terma jamoamiz Saudiyaga qarshi o'yin oldidan Qirg'izistonni mag'lub etdi.O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" stadioni | 17:009 noyabr (shanba)O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON - 3:1 (1:1)Gollar: Igor Sergeev (11), Dostonbek Hamdamov (52), Jamshid Iskandarov (81) — Farhod Musabekov (30)Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).O'zbekiston: Eldor Suyunov, Sharof Muhitdinov, Islom To'xtaxo'jaev (Rustam Ashurmatov 46), Odil Ahmedov, Murod Xolmuhammedov (Hojiakbar Alijonov 64), Odil Hamrobekov (Luftulla To'raev 58), Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov (Ikrom Aliboev 46), Xurshid G'iyosov (Jamshid Iskanderov 70), Aziz Turg'unboev (Doston Hamdamov 46), Igor Sergeev.Qirg'iziston: Pavel Matyash, Odiljon Abdraxmanov, Mustafa Yusupov, Tamirlan Kozubaev, Akramjon Umarov, Bekjan Saginbaev, Edgar Bernxardt, Farxat Musabekov, Guljigit Alikulov, Mirlan Murzaev, Vitaliy Lyuks.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar