logotip
«Real» Ruisni sotib olmoqchi. Pogba va Eriksendan voz kechdimi?
9 NOYABR, 18:50 / O'QILDI: 131

Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

El Desmarque nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, 23 yoshli futbolchining xizmatiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotda aytilishicha, Ruisni sotib olish “Real”ning asosiy maqsadi bo'lib qolgan.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres Pol Pogba va Kristian Eriksenlarni sotib olishga bo'lgan qiziqishi tugagan.

Qishda “Real” “Napoli” klubida 2018 yildan beri o'ynab kelayotgan Ruisni sotib olib, o'z yarim himoyachini kuchaytirib olmoqchi. 

Manba: stadion.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.