logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:13
Ronaldu: «Transfer narxim qancha? Bilmadim»
9 Noyabr, 16:10 / O'qildi: 45

Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu xorij OAVda chop etildi. Biz ana shu intervyuning eng muhim qismlarini e'tiboringizga havola etamiz.

Bolaligi haqida

Asosiysi — tug'ma talant, menda bu bor edi. Agar tug'ma iqtidoringiz bo'lsa, sportning istalgan turida zafar quchishingiz mumkin.

Men iqtidor bilan tug'ildim, o'z ustimda ko'p ishladim. Bolaligim qiyin o'tgan, ammo och qolmaganman. «Sporting»ga kelganimda esa hamma yog'larni «yoqishimga» to'g'ri kelgan.

Mayorga haqida

2018 yilda shaxsiy hayotim ancha og'ir kechdi. Odamlar hayotingning bir qismiga aylanganida qiynalasan. Juda qiyin. Mening katta oilam bor: ayolim, bolalarim, ular hammasini tushunishadi. Juda qiyin daqiqalar edi. Bu haqda gapirish yoqimsiz, ammo muhimi, aybsiz ekanligim isbotlandi. Qiyinchilik bilan bo'lsa-da o'zimni oqlashni uddaladim.

Sovrinlari haqida

Men hech qachon «Oltin to'p» haqida, ayniqsa, uni ikki, uch, to'rt yoki besh marta qo'lga kiritish haqida o'ylamaganman. Lekin buni istarmiding, deb so'rasangiz, inkor etmayman. Albatta, g'alabalar menga yoqadi. Har yili Chempionlar ligasi, milliy chempionat, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni xohlayman. Buning uchun esa ishlash kerak. G'alaba qozonmoqchimisan, o'z ustingda ishla. Bu mening futbolga bo'lgan qarashim va har ertalab ana shunday motivatsiya bilan uyg'onaman.

 «Sporting»dan ketishi haqida

«Sporting»ning «MYu»ga qarshi o'yinidan keyin «Manchester Yunayted»ning meni sotib olishga qaror qilgani yolg'on.

Chunki bu paytda allaqachon ko'plab jamoalar tomonidan qiziqish bo'layotgandi. Masalan, «Valensiya». Arsen Venger men bilan «Arsenal»ga o'tishim borasida gaplashgan. «Barselona», «Real», «Inter». «MYu» ham qiziqqan. Men aynan o'sha yili o'taman, deb o'ylamaganman.

Narxi

Hozirgi transfer narxim haqida gapirishim qiyin. Bugungi futbol sanoati mutlaqo boshqa. Joau Felish – alohida tarix. Bugun istalgan futbolchi, hatto hech narsa qila olmaydiganini ham 100 mln evroga narxlash mumkin. Himoyachi va darvozabonlar 70-80 mln evroga sotilmoqda. Men bunga qo'shilmayman, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz, ko'nikishimiz kerak.

Faoliyatini yakunlashi haqida

Hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Ehtimol, keyingi fil faoliyatimni tugatarman. Aslida, 40-41 yoshgacha o'ynay olaman. Tag'in bilmadim… Men hozir futbol o'ynashda davom etishim kerak.

 

 

Manba: stadion.uz

Mulohazalar