logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 12:12
«Liverpul» va «Arsenal» Promesga qiziqmoqda
9 Noyabr, 15:40 / O'qildi: 10

Gollandiyaning «Ayaks» klubi futbolchisi Kvinsi Promes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin deya xabar tarqatmoqda Daily Mail.

Manbaning aytishiga qaraganda, 27 yoshli futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirishmoqda.

Gollandiyalik futbolchining o'zi EChLning 4-tur doirasida «Chelsi» klubiga qarshi bo'lgan o'yindan keyin kuchini Angliyada sinab ko'rmoqchi ekanligini aytgan edi.

Promesning «Ayaks» bilan tuzgan shartnomasi 2024 yili o'z yakuniga etadi. Futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq Promes «Tvente», «Gou Exed Igls», «Spartak» va «Sevilya» klublarida o'ynashga ulgurgan.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar