logotip
«Ayaks» sardori Tadich: «Hammasi yaxshi edi, keyin kimdir o'yinni buzdi»
6 NOYABR, 18:15 / O'QILDI: 2331

"Ayaks" sardori Dushan Tadich "Chelsi"ga qarshi o'yinda (4:4) hakam Janluka Rokkining ishini tanqid qildi.

Hisob 2:4 bo'layotgan bir paytda italiyalik hakam bitta epizodda "Ayaks"ning ikki himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib ularni maydondan chetlatdi va Gollandiya klubi darvozasi tomon penalti belgiladi.

"Hammasi yaxshi edi, keyin kimdir o'yinni buzdi.

Qanday qilib bitta epizodda ikkita qizil kartochka ko'rsatish mumkin? Hech narsani tushunmayapman.

Men jamoam bilan faxrlanaman, to'qqiz kishi bo'lib bardosh berdik. Ammo biz juda g'azabdamiz. Bunaqasi mening xotiramda hech qachon bo'lmagan », dedi Tadich.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.