logotip
Futbolchi o'yin paytida tovuqni tepib o'ldirib qo'ygani uchun maydondan chetlatildi (foto)
6 NOYABR, 17:10 / O'QILDI: 1793

Xorvatiyaning "NK Elengrad" klubi futbolchisi Ivan Gazdek o'yin paytida tovuqni o'ldirib qo'yib, buning uchun qizil kartochka oldi, deya xabar tarqatdi 24SATA.Manbaga ko'ra, atrofi ochiq maydonda o'tayotgan uchrashuv paytida kutilmaganda tovuqlar paydo bo'ldi. Gazdek ularning ketidan quvladi va bittasini tepdi. Buning natijasida tovuq o'sha zahoti o'ldi. Futbolchi uni maydondan tashqariga otib yubordi. Hakam esa, qoidalarga amalga qilgan holda, o'yinchini maydondan chetlatdi."Tovuqlar doimo maydonga chiqib kelishdi. Ular tufayli maydonda najaslar ko'paydi, bu esa gigienaga mos kelmaydi. Men tasodifan ulardan birini o'ldirib qo'ydim, hakam esa darhol menga qizil kartochka ko'rsatdi. Men tovuq egasidan uzr so'radim va unga yangi tovuq yubordim", - dedi Gazdek.





Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.