logotip
O'zbekiston - Qirg'iziston o'yini transyaltsiya yuzasidan «Sport TV» direktori fikr bildirdi
5 NOYABR, 17:10 / O'QILDI: 1184

O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning jonli efirga namoyish etilishi aslida bu oddiy xabar edi. Lekin ba'zi OAVlar Vadim Abramov yoki boshqalar gaplarini negativ sarlavhalar bilan yozib, reyting ko'tarishmoqchi bo'lishdi, shekilli."O'yin egasi O'FA. Ular ruxsat bersa, olib ko'rsatamiz. Ular tomondan aytildiki, informatsion lavhalar, reportajlar beraveringlar, faqat to'liq translyatsiya bo'lmasin. Sababini esa murabbiyning xohishi, deyishdi. Shu tufayli biz ularga peshvoz yurdik va TV-dasturga o'yinni kiritmadik. Keyin ayrim nashrlar, barchasi emas, qaytaraman, ayrim nashrlar "Sport" telekanalidagi insayderlariga tayanib xabar tarqatishdi. Aniq ma'lumot uchun bizga hech kim murojaat qilmadi. Endi esa O'FA va Vadim Karlenovich translyatsiyaga qarshiligimiz yo'q, deyishdi. Yana peshvoz chiqamiz ularga. Milliy jamoa o'yinini translyatsiya qilish biz qilib yurgan odatdagi ishimiz, bajonidil ko'rsatamiz. Texnika va ijodiy guruhimiz doim shay. Olib ko'rsatilmasligi tashabbusi biz tomondan bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Biz muxlislar uchun ishlaymiz axir!", - deydi Sport telekanali rahbari Zohid Karimov."Umuman olganda, bosh murabbiy bunday iltimos bilan chiqishi normal holat. Jahon futbolida ham uchrab turadi. Shuning uchun biz bundan fojea yasamadik, shov-shuv ko'tarmadik, oddiy qaradik. Qolaversa, o'yin yopiq eshiklar ortida o'tkazilmaydi. Istasangiz, stadionga boring, istasangiz, mana endi "Sport TV" orqali tomosha qiling", — deya qo'shimcha qildi Sport telekanali direktori.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.