logotip
Son Gomesning jarohatidan so'ng telefonlarini o'chirib qo'ydi
4 NOYABR, 17:35 / O'QILDI: 1281

«Tottenxem» klubi hujumchisi Son Xiin Min 11-tur doirasida «Everton» (1:1) klubiga qarshi uchrashuvdan keyingi ahvoliga aniqlik kiritildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida janubiy koreyalik futbolchi qanotda raqib futbolchiga “podkat” bilan qarshilik qiladi. Natijada, uning tashlanishidan so'ng, raqibi Andre Gomesning oyog'i sinadi.

Uchrashuv bosh hakami Martin Atkinson Songa qizil kartochka ko'rsatdi. Hujumchining o'zi esa raqibiga etkazgan jarohatidan so'ng dahshatga tushdi.

The Sun nashrining xabar berishicha, o'yindan keyin Son kiyinish xonasida hech kim bilan gaplashmadi. Mikst-zona orqali yuzini to'sgancha o'tib ketgan Son, janubiy koreyalik jurnalistlarning savollariga ham javob bermadi.

O'yin yakunlanishi bilan Son telefonlarini o'chirib qo'ydi va Janubiy Koreyaga - ota-onasining yoniga uchib ketdi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.