logotip
Manba: Eldor Shomurodovga «Sevilya» qiziqmoqda
3 NOYABR, 23:00 / O'QILDI: 1301

"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov qiziqish bildirayotgan jamoalar soni oshib bormoqda. Sport jurnalisti Bobur Akmalov o'zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatishicha, Ispaniyaning "Sevilya" klubi kelasi yilning yozgi transfer davri uchun kengaytirilgan ro'yxatga o'zbekistonlik futbolchini kiritgan."Ha, "Rostov" g'alabani qo'ldan chiqardi, Shomurodov gol urmadi, lekin Sizga bir yangiligimiz bor. "Sevilya" klubi sport direktori Ramon Monchiga yaqin manbalarga ko'ra, Eldor Shomurodov familiyasi Andalusiya jamoasi long-list'ida bor. Qishki transferlar vaqtida emas, keyingi yozda ochilajak oyna vaqtida o'zbek forvardi "Sevilya" klubiga o'tishi ehtimoli bor", — deya xabar tarqatdi jurnalist.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.