logotip
WBC yangilangan reytingida bir qator o'zbekistonlik bokschilar yuqoriladi
30 OKTYABR, 13:15 / O'QILDI: 1426

Butunjahon boks kengashi (WBC) sentyabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik etti nafar bokschi mazkur reytingdan o'rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) ham reytingda bir oy oldingi o'rnidan bir pog'ona yuqorilab 5-o'ringa joylashdi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-o'rinlarni egallab turibdi.

Super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan o'zbekistonlik Azizbek Abdug'ofurov (13-0, 5 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog'onasini saqlab qolgan va 4-pog'onaga joylashgan. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko'rsatilmoqda.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o'zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana besh nafar o'zbek bokschisi e'tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G'iyosov (9-0, 7 KO) bir pog'ona yuqorilab 23-o'rinda qayd qilingan. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa 29-pog'onadan qolgan. Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) bir pog'ona yuqorilab 38-o'rinda qayd qilingan.

WBC yangilangan reytingida eng katta o'sishga erishgan bokschi Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) bo'lib turibdi. Yangilangan reytingda super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Madrimov bir yo'la 9 pog'ona yuqorilab 31-o'rindan joy olgan. Shuningdek, o'ta og'ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o'rinni saqlab qolgan.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.