Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 11-tur doirasida «Valyadolid» (5:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa sardori Messi haqida gapirib o'tdi.
«Messi ajoyib iqtidor egasi.U istalgan raqibdan o'tib ketishi mumkin. Mashg'ulot paytida shunday vaziyatlar bo'ladiki, u o'ng yoki chap tarafga pas beradi deb turgan bir paytda, to'pni umuman boshqa tarafga oshirib yuboradi. Bunday vaziyatni faqatgina u oshira olishi mumkin. Kundan kunga u o'zini ajoyib his qilib bormoqda. O'z formasiga tushib bormoqda. Messi ko'rsatayotgan o'yinidan barchamiz xursandmiz», — Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Ushbu g'alabadan keyin «Barselona» ochkolar sonini 22 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
Manba: stadion.uz
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.