logotip
Eng havfli futbolchilar
22 OKTYABR, 01:30 / O'QILDI: 1140

Futbol qanchalar havfsiz sport turi bo'lib ko'rinmasi, aslida unday emas. Ayniqsa, ba'zi futbolchilar maydonda bo'lsa, futbol yanada havfli sport turiga aylanadi. Anglaganingizdek, bugun so'z juda qo'pol o'yin namoyish etuvchi futbolchilar haqida boradi.Nayjel De YongGollandiyalik futbolchini futbolchilik faoliyati davomida kiritgan gollari bilan emas, raqiblariga etkazgan jarohatlari orqali barchaning yodida qolgan desak, adashamagan bo'lamiz. Qo'pol o'yin borasida tengsizlardan biri sanaladigan De Yong 2010-yilda o'zining eng pik formasiga ko'tarildi. Qahramonimiz o'sha yili avvaliga o'rtoqlik uchrashuvida Styuvart Holdingning oyog'ini sindirgan bo'lsa, o'sha yili bo'lib o'tgan JCh finalida Xabi Alonsaga oyoq bilan zarba berib internet yulduziga aylanib ketdi. Eng achinarlisi esa, oradan bir necha oy o'tib Hatem Ben Arfaning karierasini «sochib» tashladi. Nayjel frantsuzning ikkita suyagini sindirib yuborgani etmaganidek, uning futbolchilik faoliyati uyoqda tursin, oyoqlarida yurib ketishini ham katta savol ostida qoldirdi. Keyinchalik futbolchi bir nechta klublarda o'z faoliyatini tiklashga urungan bo'lsada, har mavsumda o'rtacha 3 bora qizil kartochka olish odatini tashlamadi.Marko Materatstsi


Italiyalik himoyachi o'zining juda qo'pol o'yinlari bilan birgalikda, hunuk so'zlari bilan ham raqiblarining yodida qolgan. O'yin davomida raqiblarning asabini yanada taranglashtirishda italiyalik futbolchiga etadigani yo'q edi. Eng achinarlisi shundaki, Marko ko'pincha raqibning etakchi futbolchilariga qarshi personal tarzda to'p surar, ularni safdan chiqarish uchun barcha iflosliklardan foydalanar edi. Uning qo'po o'yini haqida o'z intervyularida ko'p bore slab o'tadigan Andrey Shevchenko quyidagi so'zlarni aytgan edi: « Marko pozitsiyani boy berayotganini sezsa, darrov mayda qo'ida buzarlik ishlatadi. Imkon bo'ldi deguncha jarohat etkazishga urunadi. Afsuski, u bu ishni shu qadar ustalik bilan amalga oshiradiki, hakamlar nazaridan ko'pincha chetda qolib ketishni uddalay oladi. Unga qarshi Italiyadagi barcha hujumchilar o'ynashdan qo'rqib qolishgani haligacha yodimda»

Darhaqiqat, jismonan baquvvat futbolchining birorta yorqin o'tkazgan o'yini bo'lmasa ham, haligacha muxlislar tomonidan eslanadi. Balki, Zidan bilan bo'lgan voqeya sabablidir?!

Vini Jons


Eng tez qizil kartochka olgan futbolchi sifatida (O'yinning 3 sekundida) APL tarixida abadiy qoladigan qahramonimiz o'zining janjalkashligi bilan barcha muxlislarga yaxshi tanish desak, adashmagan bo'lamiz. Jons o'zining juda qo'pol o'yini bilan APL hujumchilarining kushandasiga aylangan Jons o'yin paytida hech narsadan cho'chimas, qizil kartochka uning uchun odatiy xolga aylangan edi. To'p uchun kurashlarda butsaning tag qismi bilan kirishadigan Vini APLdagi uzoq davom etmagan faoliyati davomida 128 bor sariq kartochka bilan ogohlantirilgan bo'lsa 12 bor maydondan chetlatilishga ham ulgurgan. Keyinchalik, futboldan zerikib qolgan jaljalkash yigit o'z faoliyatini kinoda davom ettirishga qaror qiladi. Vinni o'z ishtirok etgan deyarli barcha filmlarda salbiiy qahramon ro'lida ishtirok etgan bo'lsada, unga kutilganidek mashxurlik nasib etmadi. Achinarlisi, hozirda futbolchi ruhiy kassaliklar bilan og'rib qolgan, va bir necha yillardan beri ushbu kasaliklarga qarshi mardonavor kurashib kelmoqda. Kevin Muskat


Asosan APLning kuchsiz jamoalarida to'p surgan Muskat mashxur futbolchilarni safdan chiqarish bo'yicha, o'ziga hos record o'rnatgan. Avstraliyalik futbolchi bir mavsumning o'zida Eshli Yang, Duggari, Barosh va Bellamini bir necha oyga futboldan chetlatishga «muvaffaq» bo'lgani bilan ham juda mashxur. Bundan tashqari, qahramonimiz o'yin davomida hech kimni ayab o'tirmas, xatto bir safar raqib jamoaning murabbiysi bilan ham o'yin paytida mushtlashib ketishgacha boradi. Chempionshipdagi faoliyati davomida esa, undan jabr ko'rmagan hujumchi qolmagan desak, adashamgan bo'lamiz. O'z faoliyati davomida 123 bor sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan Muskat, 15 bor qizil kartochka bilan «siylangan» bo'lsada, o'z o'yin uslubidan voz kechmagani ajablanarli. Eng qizig'I shundaki, qahramonimiz o'zining xayrlashuv uchrashuvida ham ikki bor sariq kartochka olib maydonni qarsaklar ostida tark etgan. OAV tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada, Kevin Muskat futboldagi eng yoqimsiz inson nominatsiyasida katta farq bilan g'olib chiqqani so'zimizga isbot bo'la oladi.Roy Kin


«Manchester Yunayted»ning markaziy zonasini bir o'zi eplay oladigan darajada kucha ega bo'lgan irland «qizil iblislar» muxlislarining yodidan ko'tarilmagani aniq. O'zining keskin patkatlari, hakamga bosim o'tkazishi va bir emas, 3 futbolchini butsalarini mixga ilishga majbur qiladigan darajada jarohat etkazgani bilan «yovvoyi» laqabini (shuningdek Kino laqabi ham mavjud) ortirgan Royni eslab o'tmaslik adolatdan bo'lmas edi. Hech qachon hakamlarda berkitib qo'pollik ishlatmagan Kin hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatilishi bilan maydoni tezda tark etar, hech qachon bu borada bahslashib o'tirmas edi. Uning qiziqqon harakteri tufayli klubning yosh futbolchilar ham hayqib turishar, xatto Ronaldu ham uning kiyinish xonasidagi o'rniga o'tirib olishdan qo'rqanin yashirib o'tirmaydi. Kin o'yin paytida nafaqat raqiblarini, balki sustkashlikka yo'l qo'ygan jamoadoshlarini ham ayab o'tirmas, ularni bo'ralatib so'kaverar edi. Uning bu harakatlariga afsonaviy Fergusson quyidagicha izoh bergan edi: «Har bir jamoaning o'z pitbulli bo'lishi lozim» O'z faoliyati davomida klublar miqiyosidagi barcha musobaqada g'olib chiqqan irland hozirda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda va hozircha janjallardan boshqa kattaroq natijaga erishanicha yo'q.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.