logotip
Serbiya futbol federatsiyasi Portugaliyadan ochko olish evaziga Litva va Lyuksemburgga pul taklif qi
21 OKTYABR, 08:25 / O'QILDI: 1384

Serbiya futbol federatsiyasi Litva va Lyuksemburgga pul to'lashga tayyor, agar ular Portugaliyadan ochko olishga muvaffaq bo'lishsa. Bu haqda Kurir nashri xabar tarqatdi. Manbaga ko'ra, serbiyaliklar Litva hamda Lyuksemburgga 500 ming evro taklif qilishmoqda. Bu jamoalar Portugaliyani ochkolar mahrum qilishsa, Lyubisha Tumbakovich jamoasi Evro-2020 yo'llanmasi uchun kurashda portugallarni ortda qoldirish imkoniyatiga ega bo'ladi.Saralashning "V" guruhida Portugaliya 11 ochko bilan 2-o'rinni, Serbiya esa 10 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Ukraina guruh peshqadami sifatida Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. Ma'lumot o'rnida. Serbiya terma jamoasini noyabr oyida Lyuksemburg va Ukraina terma jamoalariga qarshi o'yinlar kutib turibdi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.