logotip
Mendesh: “Ronaldu gol urish borasida Peleni ortda qoldirishiga ishonaman”
16 OKTYABR, 15:00 / O'QILDI: 1050

Mashhur futbol agenti Jorje Mendeshning hisoblashicha, Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali o'zining yaxshi taraflarini ko'rsatmagan. Ronalduning agenti Portugaliyalik hujumchi Peledan gol urish borasida o'tib ketishiga shubha qilmayapti.

«Krishtianuni statistikasi aldamaydi. Ronaldu qanday rekordlar o'rnatayotgani, futbol tarixining eng yaxshi futbolchisi bo'lishini statistika ko'rsatmoqda. U bunday natijalarga Ispaniya, Angliyava Italiya klublari bilan erishganini alohida ko'rsatish muhim. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasida ham ajoyib o'yin namoyish etmoqda.

Krishtianu faoliyati davomida 700 ta gol kiritishga erishdi. U Peleni ortda qoldirishiga menda shubha yo'q. U bu ishni «Yuventus» tarkibida amalga oshiradi. 68 gol —Krishtianu uchun kam emasmi?» —Mendeshning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tuttosport.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.