logotip
Ikardi: “Inter” Konte qo'l ostida skudetto uchun kurashadi deb o'ylayman”
16 OKTYABR, 14:50 / O'QILDI: 1089

Italiyaning «Inter» klubi sobiq hujumchisi Mauro Ikardi Frantsiyaning PSF klubiga ko'chib o'tgandi. Ikardini “Inter”da avvaliga sardorlik bog'ichidan mahrum qilishgandi, keyin esa sotib yuborishga qaror qilishdi va yakunda argentinalik futbolchi «PSJ» klubida ijara asosiy o'ynamoqda.

«Men «Inter» klubiga faqat yaxshiliklarni tilab qolaman. Romelu Lukaku klub uchun ko'p gol urishiga umid qilaman.

Men «PSJ»dan bunday qo'llab-quvvatlashni kutmagan edim. Dastlabki kundanoq ular meni juda iliq kutib olishdi. «Real» klubiga qarshi yomon o'ynamadim, lekin, kichik jarohat oldim. Hozir menda barchasi a'lo darajada.

Agar «PSJ» «Inter» bilan o'ynaydigan bo'lsa, u holda o'zimning eng yorqin o'yinimni ko'rsatishga harakat qilaman. Men o'zim o'ynayotgan klubim uchun borimni beradigan professional futbolchiman.

Milanda juda ko'plab do'stlar ortirdim. O'ylaymanki, «Inter» Konte qo'l ostida skudetto uchun kurash olib boradi. Lukakuda hech qanday muammo bo'lmadi deb hisoblayman, u yaxshi boshladi va gollar kiritmoqda», — Ikardining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.