logotip
Singapurga qarshi o'yin uchun tahminiy tarkib
15 OKTYABR, 12:50 / O'QILDI: 1031

Toshkent vaqti bilan 16:45 da boshlanadigan Tsingapur va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga oz vaqt qolmoqda. O'yin oldidan jamoamizning tahminiy tarkibi quyidagicha ko'rinish oladi. Darvozamizni Eldor Suyunov qo'riqlaydi.Himoyachilar: O'tgan uchrashuvda o'zini ko'rsata olgan Xojiakbar Alijonov va Farux Sayfievlar qanot himoyasidan joy olsa, himoya markazi Rustam Ashurmatov va Islom to'xtaxo'jaevlarga ishonib topshiriladi. Tayanch nuqtasida katta ehtimol bilan Otabek Shukorovni ko'rishimiz mumkin. Undan oldinroqda Sanjar Qodirqulov va Jamshid Iskanderov joylashadi.Qanotlarda O'tgan uchrashuvda faol ko'ringan Jaloliddin Masharipov va Doston Hamdamovlar o'rin olishi tahmin qilinmoqda. Hujum markazida esa, muxlislar yoqimtoyi Eldor Shomurodov o'rin oladi. Ushbu uchrashuvda Vadim Abramov tarkib borasida katta o'zgarishga qo'l urmasada, ilk daqiqalarda hujumga berilib ketmasligi aniq. Toshkentdagi o'yindan farqli o'laroq Hamdamov va Masharipov hujum zonasidan ko'ra markazga yaqinroq to'p sursa, ajab emas. Shuningdek, o'yin davomida to'p nazoratiga bo'lgan e'tibor yanada kuchayadi va terma jamoamiz raqibni to'psiz o'ynashga majbur etadigandek his uyg'onmoqda. Agarda birinchi bo'limda hisob ochilmasa, Abramov ikkinchi bo'limda Masharipov va Hamdamovni oldiroq surib zahiradan Odil Ahmedovni janggi tashlashi, va o'yin tezligini keskin ko'tarishi mumkin. Umid qilamizki, o'yin to'liq bizning rejamiz asosida o'tadi v yakunda 3 ochko terma jamoamizga nasib etadi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.