logotip
Nazorat uchrashuvi. «Dinamo» «Nasaf»ni yirik hisobda mag'lub etdi
10 OKTYABR, 14:45 / O'QILDI: 1469

FIFA kunlari bois Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda “Dinamo” jamoasi Samarqandda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.Uchrashuvda Tachmurod Agamurodov singari Ro'ziqul Berdiev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Qiziqarli kurashlar ostida o'tgan bahsda “Dinamo” jamoasida yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.“Dinamochilar”dan gollarga Bobur Qosimov, Shohruh Abdurahmonov, Dilmurod Karimov va Damir Temirovlar mualliflik qilishdi. Raqib jamoa safida ham Humoyun Murtazoev, Doniyor Narzullaev, Sardor Abduraimovlarda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgandi, ammo vaziyatlardan foydalanilmadi. Yakunda nazora bahsi 4:0 hisobida yakunlandi.Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi Superliga 22-turi doirasida 19 oktyabr kuni amaldagi chempion “Paxtakor” klubini qabul qiladi.O'rtoqlik uchrashuvi. 10 oktyabr.Samarqand. “Dinamo” stadioni.“DINAMO” - “NASAF” 4:0Hakamlar: Naim Qosimov (Qarshi), Sherzod Kamarov (Samarqand), Sardor Hakimov (Samarqand).Gollar: Bobur Qosimov 43, Shohruh Abdurahmonov 67, Dilmurod Karimov 85, Damir Temirov 88 penaltidan.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.