logotip
«Tottenxem» qishki transfer oynasida 5 nafar futbolchisini sotadi
8 OKTYABR, 19:15 / O'QILDI: 1822

«Tottenhem» klubi qishki transfer oynasida asosiy tarkibning bir necha futbolchisini sotib yuborishi mumkin.

The Times xabariga ko'ra, londonliklar himoyachilar Serj Ore va Denni Rouz, yarimhimoyachilar Erik Dayer, Kristian Eriksen va Viktor Vanyama bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus bosh murabbiy Maurisio Pochettinodan chiqyapti. U qoniqarsiz natijalardan norozi va jamoani qayta shakllantirmoqchi.

Bundan tashqari, «Tottenhem»dagi ichki muhit ham yaxshi emas. Bu ba'zi futbolchilarning transferga qo'yilishi bilan bog'liq. Futbolchilar qishda sotib yuborilishini bilgach, maydonda jonbozlik ko'rsatishni istamayaptilar.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.