logotip
Djoker
2 OKTYABR, 12:05 / O'QILDI: 815

Darhaqiqat,  italganmurabbiy o'z Zahira o'rindig'ida  Djoker kartasi bo'lishini,  va aynan shu futbolchi yordamida barchasini tubdan o'zgartib yuborishni istaydi.  Futbol olamida kuchli futbolchilar ko'p,  biroq ular orasidan faqat sanoqliginasi Djoker vazifasini bajara oladi.  Bugun ana shunday futbolchilar haqida so'z boradi. Tomas Parti“Atletiko Madrid” jamoasidagi o'yinlari bilan barchamizga tanish bo'lgan Parti aslida qaysi nuqtada to'p surishi borasida aniq bir isbot yo'q.  Simione uni  markaaziy yarim himoyaga,  tayanch zonasiga,  qanot himoyasiga xatto markaziy himoyada o'ynashini talab qilsada,  Parti o'ziga bildirilgan ishonchni to'liq oqlaydi.  Doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydigan futbolchi nafaqat unversallgi, balki   zahiradan maydonga tushib jamoasi uchun qulay bo'lgan taktikaga o'tishda ham juda qo'l keladi.  To'g'ri,  Parti tezkor emas,  to'g'ri u daxshatli zarbasi bilan maqtana olmaydi,  biroq uning mehnatkashligi barcha kamchiliklarini to'liq yopib keta oladi. Olive Jiru“Arsenal” jamoasida Zahira o'rindig'ida qolishni boshlagan kuniyoq,  Jiru to'liq Djokerga aylana boshladi.  O'sha mavsumda futbolchi zahiradan maydonga tushib 5 bor gol kiritdi v ava 6 bor golli uzatmani amalga oshirdi va  bir necha bor o'yin taqdirini hal qilgani bilan ham muxlislar yodida qolgani aniq.  Keyinchalik futbolchi “Chelsi”ga o'tib ketdi.  Klubdagi ilk mavsumda "Evropa Liga"sida g'olib chiqdi va o'z gollari bilan jamoasiga katta yordam berdi.  Klub tepasiga Frenk Lempard kelgach,  Jiru jamoadan ketishi kutilgan edi,  biroq bunday bo'lib chiqmadi.  Lempard fransiyalik hujumchini Djoker vazifasini bajarishi va Abrahamga ko'mak berish maqsadida klubda olib qoldi.  Hozircha,  Jiruga bo'lgan ehtiyoj yuqoriLukas MouraO'z vaqtida Neymardanda iqtidorliroq deb e'tirof etilgan Lukasning kariyerasi ko'pchilik kutilgandek ko'rinish olgani yo'q.  Avvaliga PSJning asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi,  “Tottenhem” Zahira futbolchisiga aylanib qolgandek ko'rinayotgan edi, biroq futbolchi klubga kerakligini isbotdab qo'ydi.   Ayniqsa o'tgan mavsumdagi EChL baxslarida futbolchi klubning chinakam super Djokeriga aylandi.  Ayniqsa yarim final uchrashuvida “Ayaks” darvozasiga kiritilgan 3 ta goldan so'ng,  u “Tottenhem” muxlislari oldida hurmat qozondi.  Hozirgi kunda ham Lukas barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlamasada,  zahiradan o'yinni kuchaytira oladigan chinakam quroldek havfli.  Pochetino ham braziliyalikning imkoniyatlarini yaxshi chamalagani bois,  undan juda unumli foydalanmoqda.  Mouraning aslida asosiy tarkib yoki Zahira o'yinchisi deb bo'lmaydi.  Sababi,  murabbiy uni zahiradan o'yinga qo'shishni istasa,  Lukas ishonchni to'liq oqlaydi.  Agar asosiy tarkibda boshlasa,  hammani hayratda qoldirishda davom etadi. Arturo VidalDjoker atamasi quloqqa eshitilishi bilan barchaning ko'z o'ngiga gol kirituvchi hujumchilar kelishi aniq.  Aslida unday emas.  Maydonda hujumchilardanda muhimroq vazifalarni bajaruvchi futbolchilar mavjud bo'lsada,  ularning mehnatlari doimmo soyada qolib ketadi.  Ana shunday futbolchilaridan biri sanaladigan Arturo Vidal “Barselona”ning chinakam Djokeriga aylanib bormoqda.  Agarda natija uchun o'ynash kerak bo'lsa,  u tayanch zonasiga tushuriladi.  Agar gol kerak bo'lsa,  hujum paytida oldinga qo'rqmasdan bora oladi va kuchli zarbasi bor.  Bundan tashqari,  o'yin davomida strategiyaning to'liq almashtirilishi uchun ham Vidal juda qo'l keladi.  Sababi,  unga ortiqcha ko'rsatma berishning xojati yo'q.  Eng muhimi esa,  u zahiradan maydonga tushsa,  o'yinni buzib qo'ymaydi,  aksincha o'ziga yuklangan ko'rsatmalarni bexato bajaradi va jamoa uchun muhim bo'lgan ustunlikni klubi tomonga og'diradi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.