logotip
«Barselona» va Neymar muammoni sudsiz hal qilishga kelishib olishdi
27 SENTYABR, 21:05 / O'QILDI: 1603

Avvalroq e'lon qilingan "Barselona" va "PSJ" hujumchisi Neymar o'rtasida sud majlisi bo'lmaydigan bo'ldi. ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar payshanba kuni uchrashib, mazkur sud majlisini kelasi yilga qoldirishga qaror qilishdi. Bungacha klub va braziliyalik futbolchi tinch yo'l bilan muammoni hal etishga harakat qilishadi.Eslatib o'tamiz, futbolchi 2016 yilda kataloniyaliklar bilan yangi shartnomaga imzo chekkani uchun 40 million evro miqdorida mukofot puli olishi kerak edi. Ammo u pulning 14 million evrosini olgan. Qolgan 26 million evro futbolchi va uning otasiga to'lab berilmagan. Braziliyalik futbolchi o'sha pulni va 10 foiz miqdorida kompensatsiya olishni istamoqda. Neymar va uning otasi yangi shartnoma imzolanganiga 1 yil to'lishini kutib, 2017 yilning avgust oyida hujumchi "Pari Sen-Jermen"ga o'tib ketdi.O'z navbatida "Barsa" futbolchiga to'lab berilgan 14 million evro qaytarilishini istamoqda. Boisi, futbolchi shartnomaning oxirigacha qolmasdan, "PSJ"ga o'tib ketdi.Neymar bugun Kataloniyaga uchib kelib, "Barselona" rahbariyati bilan uchrashdi va Parijga qaytib ketdi. Uchrashuv davomida tomonlar sudni keyinroqqa qoldirishga qaror qilishdi. Kelishuvga ko'ra, "Barselona" kelasi yilning yozida 27 yoshli futbolchini sotib olishga kafolat bersa, u 26 million evrodan iborat talabni qaytarib oladi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.