logotip
Azimjon Ahmedov: “Superligada har bir o'yin qiyin kechmoqda”
27 SENTYABR, 20:30 / O'QILDI: 1237

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan bahsda “Navbahor” o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.             

Mazkur o'yinga jamoamiz a'zolari jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. “Lochinlar”ning navbatdagi mashg'uloti yakunlangach, namanganliklarning  tajribali yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov bo'lajak uchrashuv borasida o'z fikrlarini bildirdi.

-   Mashg'ulotlarda barchamiz faol ishtirok etyapmiz. Murabbiylar shtabi har bir raqibning o'yin uslubiga qarab, shunga  mos ravishda taktika tanlashadi. Demak, mashg'ulotlar ham shunga yarasha o'tkazilmoqda.

Bo'lajak raqib - “Dinamo” garchi bu yil Superliga ishtirokchisiga aylangan bo'lsa-da, 1-davra bahslarida ajoyib o'yini va natijalari bilan barchani ajablantirgandi. Ammo negadir 2-davra bahslarida samarqandliklarning omadi kelmay, mag'lubiyatlar girdobidan chiqolmayapti hamda ayni paytda turnir jadvalining quyi pog'onasida bormoqda.

Biroq raqib kim bo'lishidan qat'iy nazar, xotirjamlikka berilish yaramaydi va joriy mavsumda Superligada har bir o'yin qiyin kechmoqda.

Shu bois, mashg'ulotlarda astoydil ter to'kyapmiz.

Bundan tashqari, “Dinamo” Namanganga yangi murabbiy Tachmurat Agamurodov boshchiligida keladi hamda uning debyuti muvaffaqiyatli chiqishi uchun samarqandliklar maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishadi.

O'z navbatida biz – futbolchilar ham o'z maydonimizda, muxlislar ko'z o'ngida zafar quchish uchun astoydil harakat qilamiz.

Chunki ishqibozlar ham jamoamizning  Namangandagi g'alabasini sog'inib qolishdi va “Navbahor”dan bo'lajak bahsda yutuq kutishmoqda.

Muxlislarning ishonchlarini oqlash, zafar quchish uchun barchamiz maydonda astoydil ter to'kamiz.

Ishqibozlardan esa bizni bo'lajak o'yinda munosib qo'llab-quvvatlashlarini tilab qolam.                     

“Navbahor” – “Dinamo” uchrashuviga tashrif buyurib, bizni 12-o'yinchi sifatida qo'llab-quvvatlang, aziz muxlislar!

     “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.