logotip
Azar «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi
27 SENTYABR, 15:55 / O'QILDI: 1170

"Real" yarim himoyachisi Eden Azar La liganing 7-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan Madrid derbisi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Bunday o'yinda kuchli his-tuyg'ular bo'ladi. Ayniqsa, bir shahar jamoalari o'zaro to'qnash kelganda. Men bu o'yinda gol urishni, g'alaba qozonishni va muxlislarimizga quvonch ulashishni istayman."Real" - aqlbovar qilmas klub. Imkon qadar ko'proq sovrin yutib olishni istayman", - dedi Azar.Eslatib o'tamiz, "Real" - "Atletiko" o'yini 28 sentyabr kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi.La liganing 6-turidan keyin "Real" 14 ochko bilan jadvalni boshqarmoqda. "Atletiko" esa hamshahridan 1 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.