logotip
Messi yana bir oyga safdan chiqdi
27 SENTYABR, 15:40 / O'QILDI: 1705

"Barselona" sardori Lionel Messi yangi jarohat tufayli bir oy mobaynida maydon tashqarisida qolishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito xabar tarqatdi.Argentinalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda chap oyog'ining son qismidagi mushagidan jarohat olgan edi. Manbaga ko'ra, ushbu jarohatni davolash uchun Messiga taxminan 1 oy kerak bo'ladi.Shu tariqa, Lionel La liga doirasida "Xetafe", "Sevilya" va "Eybar", shuningdek, EChL doirasida "Inter" va "Slaviya"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Messi yangi mavsum avval jarohat olib, bir oy muddatda safga qaytgan edi. U "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Manba: stadion.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.