logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 16:21
U-21. «Nasaf» – «Buxoro». Qarshiliklar ishonchli g'alabaga erishishdi
22 Sentyabr, 00:30 / O'qildi: 19

Bugun U-21 birinchiligida 20-tur so'ngi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda qarshilik yoshlar buxorolik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi. Uchrashuv kutilganidek qizg'in va keskin ruhda boshlandi. Bellashuvning 17-daqiqasida mehmonlar vakili Jamshid Shodmonov Doniyor Narzullaevga nisbatan qo'pollik qildi va maydondan chetlatildi. 27-daqiqada Husain Norchaev hisobni ochdi 1:0. Jamoalar shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlar bir kishi kam bo'lib harakat qilishgan bo'lishsada, mazmunli o'yin namoyish etishdi. Ammo bu buxoroliklarga yordam bermadi. 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alfayzi Ne'matov oradagi farqni oshirdi – 2:0. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan qo'shimcha daqiqalarda yosh "ajdarlar" hujum tashkil qilishdi. "Buxoro" darvozaboni o'z jarima maydonchasi ichida Alpomish Mirovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Husain Norchaev bexato amalga oshirdi – 3:0.

21.09.2019. 16:30

U-21 birinchiligi, 20-tur."Nasaf" – "Buxoro" 3:0Qarshi. "Mehnatchi" stadioni.

Bosh hakam: Farrux Yansupov.Qanot hakamlari: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov.Zaxira hakami: Jasur Bo'riev.Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.O'zPFL Komissar: Laziz Kuchkarov.

Gollar: Husain Norchaev 17, 90+2 (pen), Alfayzi Ne'matov 77.

"Nasaf": 21.Mashxurjon Muxammadjonov (65. Azamat Soyibov, 46’), 2.Sardor Sadullaev, 4.Xusniddin Aliqulov (37. Alfayzi Ne'matov, 66’), 15. Jo'rabek Mannonov, 16. Alisher Yusupov (S) (43. Abubakr Rizo Turdialiev, 81’), 17. Doniyorjon Narzullaev (62. Alibek Davronov, 46’), 20. Islom Kenjaboev (70. Muhriddin Zoirov, 44’), 22. Akmal Mozgovoy, 30. Xudoyorxon Sag'dullaev (42. Jasur Jumaev, 66’), 61. Husain Norchaev, 77. Oybek Bozorov (67. Alpomish Mirov, 80’).

Zaxira: 41. Nurbek Botirov, 50. Shohmalik Komilov.

"Buxoro": 80. Amon Bakaev, 13. Feruz Muinov (18. G'iyosov Muxammadali, 87’), 19. Bekzod Sayidov, 20. Javohir Shodmonov, 32. Asiljon Begimqulov, 55. Oxunjon Sayfiddinov, 84.Solibek Karimov (S), 85. Akobir Turaev (57. Shuxrat Ne'matov, 87’), 87. Davronbek Umirov (86. Ixtiyorjon Ramazonov, 82’), 88. Shaxzod Beshimov (82. Muxammad Siddiqjon Timurov, 46’), 89. Abbosbek Jumaqulov (97. Bobirjon Sultonov, 22’).

 

Ogohlantirishlar: Jasur Jumaev, Muxriddin Zoirov, Amon Bakaev.

Chetlatish: Javohir Shodmonov.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar