logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 16:20
«A» Seriya. Ronalduning goli evaziga «Yuventus» o'zida «Verona»ni engdi
21 Sentyabr, 23:25 / O'qildi: 15

Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan “Yuventus” hamda “Verona” o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochishga erishdi. O'yinning 20 daqiqasida Velozu ajoyib zarbasi bilan Buffonni dog'da qoldirdi.  Oradan 11 daqiqa o'tgach Remzi “Yuve”dagi debyut golini urdi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limning boshida Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. Uchrashuv davomida shu hisob o'zgarmay qoldi.

Yuventus – Verona 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 20 Velozu, 1:1 – 31 Remzi, 2:1 – 49, penalti Ronaldu.

Yuventus – Buffon, Aleks Sandro, Demiral, Danilo, Bonuchchi, Remzi (Xedira, 61), Matyuidi, Bentankur (Pyanich, 51), Kuadrado, Dibala (Iguain, 72), Ronaldu.

Verona – Silvestri, Kumbula, Gyunter, Rraxmani, Faraoni, Velozu, Lazovich, Verre (Pessina, 59), Amrabat (Patstsini, 85), Dzakkani (Tutino, 73), Di Karmine.

Ogohlantirishlar: Kumbula (16), Rraxmani (28), Faraoni (34).

Chetlatish: Kumbula (90).

Manba: stadion.uz

Mulohazalar