logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 16:19
RPL. Shomurodov gol urdi, ammo «Rostov» g'alabani qo'ldan chiqardi
21 Sentyabr, 23:10 / O'qildi: 17

Rossiya chempionatida peshqadamlar safida borayotgan «Rostov» 10-turda turnir autsayderi "Tambov"ga qarshi bahs olib bordi.Uchrashuvning 27-daqiqasida rostovliklar Shomurodovning goli evaziga hisobni ochishdi. Hamyurtimiz hujumni o'zi boshlab, to'pni qanotdagi futbolchiga etkazdi va qanotdan etkazilgan uzatmani bosh bilan raqib davrozasiga joylab qo'ydi. Oradan ko'p o'tmasdan "Rostov" ikkinchi golni urishi kerak edi. Shomurodovning zarbasini mezbon darvozaboni qaytargan. Qaytgan to'pni Popov 3 metrdan darvozaga joylay olmadi. "Sen urmasang — senga urishadi", maqoli ishga tushdi va oradan 1 daqiqa o'tib Georgiy Melkadze hisobni tenglashtirdi. Ushbu futbolchining o'zi ikkinchi bo'lim o'rtalarida "Rostov" darvozasiga ikkinchi golni urdi. O'yin so'ngida Karpin shogirdlari shturm uyushtirdi, ammo mezbonlar ishonchli himoyalanib, g'alabani saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. Eldor Shomurodov esa ikkinchi bo'limga qo'shilgan vaqtda sariq kartochka oldi. Rossiya premer-ligasi, 10-turTambov – Rostov 2:1 (1:1)Gollar: 0:1 – 27 Shomurodov, 1:1 – 38 Melkadze, 2:1 – 61 Melkadze. Tambov – Sheliya, Osipenko, Tetrashvili, Takazov, Gritsaenko, Melkadze (Cherniishov, 65), Karasev (Kulik, 89), Riibin, Kostyukov (Appaev, 66), Oyevole, Obuxov.Rostov – Baburin, Sigurdsson, Chistyakov, Chernov, Kozlov, Eremenko, Popov, Glebov (Dolgov, 78), Bayramyan (Vedernikov, 87), Ionov, Shomurodov.Ogohlantirishlar: Karasev (7), Chistyakov (81), Tetrashvili (90), Dolgov (90), Shomurodov (90).

Manba: stadion.uz

Mulohazalar