logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 16:19
Ekaterinburg-2019. O'zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi (+jadval)
21 Sentyabr, 22:35 / O'qildi: 22

Ekaterinburgda boks bo'yicha jahon chempionati yakuniga etdi. O'zbekiston delegatsiyasi o'z tarixida ilk marotaba jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.Turnirda 8 sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamizning 5 nafari medalni qo'lga kiritdi. Uch nafar bokschimiz — Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg.) va Bahodir Jalolov (+91 kg.) oltin medalni qo'lga kiritishdi. Dilshodbek Ro'zmetov (81 kg.) kumush medal bilan cheklangan bo'lsa, Bobo-Usmon Baturov (69 kg.) bronza medaliga ega chiqdi. Mezbon — Rossiya termasi ham 3ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ular hisobida kumush medal yo'q, bitta bronzaga ega bo'lishdi. Shuning uchun rossiyaliklar O'zbekistondan ortda qolishdi. Kuchli uchlikka Qozog'iston terma jamoasi kirdi. Qo'shnilarimiz 1ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronzani qo'lga kiritishdi. Gamburg-2017da 5ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni olgan Kuba bu safar 4-pog'onada qoldi — bittadan oltin, kumush va bronza medallari. Mana shu 4ta mamlakat vakillari Ekaterinburg-2019da oltin medallarni bo'lib qolishdi. Yana 11ta davlat bokschilari o'z yurtlariga kumush va bronza medallari bilan qaytadigan bo'lishdi.


Manba: stadion.uz

Mulohazalar