logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:10
Namanganda O'FAning murabbiylikka tayyorlov o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda
20 Iyun, 23:00 / O'qildi: 22

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi malakali murabbiylarni tayyorlash va ularning saviyasini muntazam oshirib borishga katta ahamiyat qaratib kelmoqda.

Jumladan, ayni paytda Namanganda O'FAning murabbiylikka tayyorlov bo'yicha 4 kunlik o'quv kurslariga start berildi.

Mazkur o'quv kurslarni Sherzod Raimjonov olib boryapti. Unga Aleksandr Lyan yordam bermoqda. O'quv kurslari davomida murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi bo'lib turganlarga ushbu soha haqida batafsil ma'lumotlar beriladi.

Ular bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Yakunda mashg'ulotlardan so'ng ishtirokchilar olingan bilimlari bo'yicha maxsus imtihon topshirishadi. 

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar "S" litsenziyasi uchun o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar