logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:10
Qaysi futbolchilar bu mavsumdan so'ng qimmatlab ketdi?
20 Iyun, 19:20 / O'qildi: 74

Futbolchilarning transfer marketdagi narxi ularning qanday mavsum o'tkazganligiga bog'liq ekanligi hech kimga sir emas. Yakunlangan mavsumda ham aynan shu faktor evaziga transfer marketdagi narxlari keskin ko'tarilgan futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tishga qaror qildik.

Trend Aleksandr Arnold (Liverpul)

Yurgen Klopp tomonidan «Burchak to'pining otasi» deya maqtalgan qanot himoyachisi bu mavsumda YChLda ishonchli o'yinlari bilan ko'plab mutaxassislarning e'tiborini tortdi. Endigina 20 yoshni qarshilagan bo'lsada, Trend «Liverpul» klubining asosiy o'yinchilaridan biriga aylanib oldi va jamoa g'alabalariga o'zining munosib xissasini qo'shdi. Yakunlangan mavsumda himoyachi 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi va mavsumning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biriga aylandi. Uning transfer marketdagi narxi o'tgan yilgiga nisbatan 35 million evroga ko'tarildi va 80 millionni tashkil etmoqda!

Bernardo Silva (Manchester Siti)

Portugaliyalik futbolchi uchun yakunlangan mavsum eng sermahsullaridan biri sifatida tarixda qoldi. Sababi, u bir mavsumning o'zida 5 ta turnirda g'olib chiqdi va bu borada Ronaldudan ham o'tib ketdi. Gvardiolaning o'yin uslubiga juda tez moslashib ketgan futbolchi mavsum davomida 13 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, 14 bor golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari u Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi safidagi ishonchli o'yinlari orqali Vatani sharafini munosib himoya qildi va «Millatlar Ligasi»da zafar quchdi. Tabiiyki, bu yutuqlar uning transfermarketdagi narxiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Hozirda futbolchining narxi 40 ta «limon»ga ko'tarilgan va transfermarket sayti tomonidan 100/105 million atrofida baholanmoqda. Shunchaki, qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q.

Sadio Mane (Liverpul)

Senegallik futbolchining narxi keskin ko'tarilishda davom etmoqda. Gap shundaki, uning hozirgi transfer summasi o'tgan mavsumnikiga nisbatan 45 million evroga ko'tarilgan bo'lib, xozirda 120 million evro atrofida baholanmoqda. U yakunlangan mavsumda 26 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va ko'plab grand klublarning «oromini o'g'irladi». Transfer oynasi ochilishi arafasida shaxsan «Real Madrid» klubi u bilan jiddiy qizib qolgani ham, so'zimizga isbot bo'la oladi.

Joa Felish (Benfika)

Bu yil o'zining ilk professional mavsumini o'tkazganiga qarmasdan Felish terma jamoaga ham chaqirildi va «Benfika» safida fantastik mavsumni o'tkazdi. Uning o'yinlarini ko'rgan millionlab muxlislar unga yangi Ronaldu deya laqab ham qo'yib olishdi. Felish mavsum davomida 20 ta gol va 14 ta asistni amalga oshirishni uddaladi. Futbolchining o'zi katta bosimda qolib ketganiga qaramasdan, bir maromda futbol ko'rsatishda davom etdi va ko'plab grandlar e'tiborini o'ziga qaratdi. Uning narxi ham o'z-o'zidan ko'tarilib ketdi. Bir mavsumda yulduzga aylangan Felish 58 million evroga qimmatladi va transfer qiymati 70 millionga ko'tarildi. Bu hali xolvasi! «Benfika» o'z yulduzi uchun 120 million evro olish niyyatida. Hozirda futbolchi bir oyog'I bilan «Atletiko Madrid» klubida va «matraschilar» Felish uchun 120 million berishga rozi bo'lishdi. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo'lsa, «Benfika» klubi bir nechta rekordlarni yangilashi hech gap emas!

Manba: stadion.uz

Mulohazalar