logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:09
Haqiqat egiladi, bukiladi ammo sinmaydi yoxud gimnastikachi qizlarimizga oltin medallar topshirildi
20 Iyun, 18:40 / O'qildi: 44

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqalar boshlanishidan avval Osiyo gimnastika ittifoqining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Unda tashkilotning gimnastikani rivojlantirish borasida ortda qolgan vaqtda qilingan ishlari sarhisob qilinib, oldinda turgan qator vazifalar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, yig'ilish davomida 2017 yilgi qit'a birinchiligining jamoaviy bahslardagi oltin medallari hamyurtlarimizga topshirildi. Gap shundaki, o'shanda Qozog'iston terma jamoasi g'alaba qozongan, qizlarimiz esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan edilar. Biroq Qozog'iston terma jamoasi gimnastlarining qon tahlilidan olingan doping namunalari ijobiy natija ko'rsatgach, qozog'istonlik sportchilarning ko'plab turnirlar qatori ushbu musobaqadagi natijalari ham bekor qilindi. Shu tariqa Anastasiya Serdyukova, Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova va Anora Davlatovaga tegishli bo'lgan oltin medallar O'zbekiston gimnastika federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Ruslan Mustaevga topshirildi.

 

Shuningdek, musobaqada to'pda mashq qilish bo'yicha to'rtinchi o'rinda qolib ketgan hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova ham qozog'istonlik raqibasi chetlatilishi hisobiga bronza medaliga sazovor bo'ldi.



Bu yilgi qit'a birinchiligida terma jamoamiz sharafini himoya qiluvchi jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Yakkalik: Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova va Ekaterina Fetisova.

Guruh bahslari: Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova va Sevara Safoeva.

Ta'kidlash joiz, kattalar o'rtasidagi musobaqa bilan parallel o'smirlar o'rtasida ham qit'a birinchiligi o'tkaziladi. O'smirlar terma jamoasi tarkibi:

Yakkalik: Yosmina Rahimova, Taxmina IkromovaGuruh bahslari: Nilufar A'zamova, Kamila Abdullaeva, Viktoriya Kim, Madina Ernazarova va Mumtozabonu Ishaqzoda.

Bugun start olgan Osiyo chempionati 23 iyungacha davom etadi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar