logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:09
Ayollar futboli. «Bunyodkor» derbida yirik g'alabaga erishdi
20 Iyun, 17:50 / O'qildi: 20

Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston chempionatida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Safarda «Paxtakor-W»ga qarshi maydonga chiqqan «Bunyodkor-W» yirik hisobda g'alaba nashidasini surdi. Har bir bo'limda mezbonlar darvozasini to'rt martadan ishg'ol qilgan futbolchilarimiz o'zlari bir martagina o'yinni maydon markazidan boshlashdi. Shu tariqa jamoamiz navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

O'ZBEKISTON ChEMPIONATI. 13-TUR

«PAXTAKOR-W» – «BUNYoDKOR-W» - 1:8 (0:4)

19 iyun. Qibray. «Qibray» stadioni. 35 tomoshabin.

Bosh hakam: R.Karimov.Qanot hakamlari: X.Erkinova, R.Yusupova.Zaxiradagi hakam: Temur Galeev.Nazoratchi: Nabi Ro'ziev.Komissar: Yulya Panina.

«Paxtakor»: Dilorom Tulanova, (Nilufar Baxtiyorova, 71), Madina Abduraimova, Madina Hikmatova (Kamola Erkinova, 66), Roza Asqarova, Dinara Tagirova, Madina Vohidova (Zuhra Xoliqova, 60), Lidiya Tsema, Yulduz Hamdamova (Urie Nasibullaeva, 79), Marjona Abdusattorova, Durdona Baxtiyorova (Umida Xotamova, 62), Malika Halilova (Oybarchin Turg'unova, 46).

«Bunyodkor»: Olga Qahhorova, Zumrad Nazarova, Lyudmila Karachik, Dilnoza Bektemirova (Ziyoda Isaqova, 76), Saida Galimova, Nozima Ergasheva (Nasiba Tursunova, 84), Umida Zoirova, Feruza Turdiboeva, Soliha Husniddinova, Tojinisoxon Rashidova (Polina Mixanko, 69), Mahliyo Sarikova.

Gollar: Tojinisoxon Rashidova, 12 – 0:1. Feruza Turdiboeva, 14 – 0:2. Lyudmila Karachik, 20 – 0:3. Soliha Husniddinova, 40 – 0:4. Lyudmila Karachik, 52-penaltidan – 0:5. Umida Xotamova, 65 – 1:5. Polina Mixanko, 70 – 1:6. Lyudmila Karachik, 73 – 1:7. Dilnoza Bektemirova, 76 – 1:8.

Ogohlantirishlar: Lyudmila Karachik, 36. Zuhra Xoliqova, 68.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar