logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:10
Ten Hag «Ayaks» bilan shartnomasini uzaytirdi
20 Iyun, 17:35 / O'qildi: 22

«Ayaks» bosh murabbiy Erik ten Hag bilan shartnomani uzaytirdi.

Niderlandiyalik mutaxassis bilan yangi bitim 2022 yil yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, 49 yoshli ten Hag 2017 yil dekabr oyidan buyon Amsterdam klubini boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda jamoa besh yil ichida ilk marta Erediviziyada chempion bo'ldi. Mamlakat kubogini ham qo'lga kiritgan «ayaksid» EChLda ham muvaffaqiyatli qatnashib, yarim finalgacha etib bordi.

 

Manba: stadion.uz

Mulohazalar